Har bir inson oʻz vujudiga quloq sola bilishi kerak. Ayniqsa taomlarning isteʼmoli masalasida.Toamlarning hazm boʻlish muddatini anglash, oʻrganish esa vujudga quloq solishga oʻrgatadi.
- Meva va sabzavot sharbatlari — 15-20 daqiqada organizmga singib ulguradi.
- Salatlar — 20-30 daqiqa.
- Tarvuz — 20 daqiqa.
- Qovun — 30 daqiqa.
- Apelsin, uzum — 30 daqiqa.
- Olma, nok, shaftoli, olcha va boshqa yarim shirin mevalar — 40 daqiqa.
- Pomidor, salat bargi, bodring, selderey, qizil va yashil bulgor qalampirlari va boshqa suvli sabzavotlar — 30-40 daqiqa.
- Sabzi va sholgom — 50 daqiqa.
- Qovoq va kartoshka — 1 soat.
- Guruch, grechixa, perlovka — 60-90 daqiqa.
- Loviya, noʻxot, mosh — 90 daqiqa.
- Bodom va turli yongoqlar — 2,5-3 soat.
- Suv, choy, qahva, kakao, shoʻrva, sut, qaynatilgan baliq goʻshti — 1-2 soat.
- Quymoq, qaynatilgan tuxum, non — 2-3 soat.
- Qaynatilgan tovuq goʻshti, rediska, ismaloq, qovurilgan kartoshka, kurka goʻshti — 3-4 soat.
- Qovurilgan goʻsht, seld baligʻi — 4-5 soat.
- Qoziqorinlar — 5-6 soatda hazm boʻladi.
Yodda tuting!!! Uxlashdan 3-4 soat avval hech narsa yemaslikka odatlaning. Hammaning organizmi oʻziga xos, yuqorida koʻrsatilgan hazm boʻlish muddatlari oʻrta hisobda olingan. Umumun, och qolmaguncha ovqatlanish kerak emas. Yana turli xil ovqatlarni aralashtirish ham hazm jarayonini qiyinlashtiradi. Vujudingizga quloq solib turishga ham oʻrganing.
Shoira BEKCHANOVA TAYYORLADI.