Xalqona malhamlar

0
296
marta koʻrilgan.

Oliy toifali vrach Shoira Bekchanova oʻzi oila davrasida qoʻllaydigan xalqona malhamlarni tavsiya qiladi:

Mandarin va nok yoʻtalga malham. Shamollash vaqtida turli-tuman achchiq dorilardan koʻra apelsinning kichik qarindoshi mandarin ayniqsa, yoʻtalda koʻproq foyda beradi. Chunki, uning tarkibida mikroblarni parchalovchi flavonoid nobiletin moddasi mavjud.

Yoʻtalga qarshi tabiiy malham. Ikkita mandarin va bitta nokni poʻsti bilan bir necha boʻlaklarga ajrating. Uni emal idishga solib,400 ml qaynagan suv va ikki osh qoshiq shakar (agar asal boʻlsa undanda yaxshi) qoʻshing. Past olovda 15 daqiqa davomida dimlang. Sovuting, ovqatdan keyin 1-2 osh qoshiqdan isteʼmol qiling.

Qizil lavlagi qaynatmasi. Faringit, laringit va anginaga chalinganda sinalgan tabiiy va arzon malhamlardan biri qizil lavlagi qaynatmasidir. Oʻrtacha kattalikdagi bitta lavlagini archib, ustidan 1 litr suv quying. Soʻng olovga qoʻyib, lavlagi pishgunicha qaynating. Dokadan oʻtkazilgan qaynatma bilan bir kunda 3 marta tomoqni chayqang.

Dengiz tuzi. Qaynatib ilitilgan suvga 1 choy qoshiq dengiz tuzini aralashtirib, tomoqni gʻargʻara qilish xam yalligʻlanish jarayonlarida asqotadi.

Limon va asal. Yutinganda tomoqda ogʻriq boʻlsa, goʻsht qiymalagichdan oʻtkazilgan limonga asal yoki shakarni teng miqdorda  aralashtirib, 1 choy qoshiq miqdorida kuniga 2-3 mahal isteʼmol qilish lozim.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.