Malhamni tayyorlash:Bir limon poʻstlogʻi bilan bir bosh sarimsoqni maydalang. Unga bir stakan asal aralashtiring. Ustidan bir litr qaynatilgan iliq suv qoʻshib, barchasini bankaga joylashtiring va salfetka bilan oʻrang. Uch kunga dimlab qoʻyilgach, isteʼmolga tayyor boʻladi.
Ovqatlangandan soʻng kuniga 3 marta bir stakandan ichiladi.
Agar siz ushbu aralashmani har kuni bir necha oy davomida ichsangiz, tomirlar tozalanadi, qon bosimi normallashadi va xotira yaxshilanadi.