Xurmo nega ramazon oyida koʻproq isteʼmol qilinadi?

0
1063
marta koʻrilgan.

Qurʼoni karimda ham tilga olinadigan bu neʼmatning shifobaxshligi borasida tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino ham gapirib oʻtganligi maʼlum. Tarkibidagi mis, temir, marganets, rux, fosfor, natriy, kalsiy, kaliy, magniy va boshqa mikroelementlarning va turli vitamilarning A, V1, V2, V6, S, pektin, ftor (tishlarni himoyasi uchun), selen (onkologik va yurak-qon tomir kasalliklarining havfini kamaytiruvchi) mavjudligi bilan katta ahamiyatga ega.

Ramazon oyida sevib isteʼmol qilinadigan xurmodan ertalab  3 dona yeyilganda  chanqashning oldini oladi hamda yurak, jigar va buyraklar uchun foydali xususiyatlari mavjud.

Uning tarkibida uglevodlar miqdori 60-65 foyizni tashkil qiladi, boshqa mevalarga nisbatan aminokislotalarga boyligi bilan ham ajralib turadi.

Xurmoning quritilgan  mevasi hayot uchun zaruriy aʼzolar yurak, jigar va buyraklarga koni foyda boʻlish bilan birga ichak mikroflorasiga va organizmning kislota ishqor uygʻunligiga ijobiy taʼsir etadi. Xurmo odamning immunitetini kuchaytirib, turli xil infeksiya, viruslarga chidamliligini oshiradi. Anemiya va gipertoniyaning oldini olib, yoʻtalni toʻxtadi.

Tadqiqotlar natijalariga koʻra, quritilgan xurmo miya faoliyatini 20 foizga kuchaytirishi mumkin ekan. Uzoq davom etgan kasalliklardan soʻng, kuchsizlangan organizmga uni tavsiya qilish maqsadga muvofiq ekan.

Vrachlar homiladorlik va bola emizish davrida xurmo yeb turishni tavsiya qilishadi, chunki sut hosil boʻlishida muhim omil hisoblanadi. Uning tarkibidagi fruktoza va saxarozani asalga tenglashtirish mumkin.

Kuniga 10 dona xurmo isteʼmol qilinsa, organizmni zaruriy moddalar bilan taʼminlab, ochlik hissiyotini yoʻqotar ekan.  Shuning uchun ham ota-bobolarimiz uni roʻza ayyomida isʼtemol qilishgan. Bobolarning, momolarning bilgani bilgan!

Shoira  BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.