Xushtaʼm qulupnayning foydali va zararli xususiyatlari

0
868
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda bozorlarda qulupnay toʻkinligi  boshlandi. Ushbu  xushtaʼm mevani sevib tanovul qilish bilan birga uning foydali va zararli xususiyatlari haqida  maʼlumotga ega boʻlish ham salomatlik uchun foydalidir.

Tanlash qoidalari:  Qulupnayni tanlaganda uning bandiga eʼtibor qarating.  Yam-yashil bandlar  endigina uzib keltirishganidan darak beradi.  Shuningdek, meva yuzidagi don shakllarini ham nazardan chetda qoldirmang. Agar ular mevadan boʻrtib chiqqan boʻlsa, demak, qulupnay hali yetilmaganligini bildiradi. Ancha chuqur kirgan donlar esa maromiga yetib pishganidan darak beradi.  Katta hajmdagi qulupnaylar goʻzal, dasturxonbop, ishtaha qitiqlaydi, biroq koʻpchilik uni  kimyoviy dorilar bilan ishlov berilgan neʼmat deya qabul qiladi. Aslida mevaning hajmi uning naviga bogʻliq.  Agar qulupnay saqlangan idishda qizil dogʻ qolsa, bilingki, unga kimyoviy dorilar bilan ishlov berilmagan. Shuningdek barcha mevalar kabi qulupnay qanchalik muattar ifor taratsa, u shuncha gʻarq pishgan hisoblanadi. 
Ozmoqchimisiz? Ortiqcha vazndan xalos boʻlishni istovchilar  uchun qulupnay benazir yordamchidir. 100 gramm qulupnay mevasida atigi 30 kkal. ega boʻlib, shuncha miqdordagi qulupnay S darmondorisiga boʻlgan kundalik ehtiyojingizni bemalol qondira olarkan.
Ajinlardan qutqaradi! Tarkibidagi S darmondorisi mavjudligi tufayli u  ajinlar paydo boʻlishini oldini oladi, ayniqsa  nordonroq qulupnaydan tayyorlangan  niqoblar koʻproq yoshartirish xususiyatiga ega. 
Muhabbat mevasi, deydi  baʼzi mutaxassislar.Yurak shakliga yaqin boʻlgan bu neʼmatning tarkibida ruh moddasi moʻlligi hisobiga u organizmda gormonlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi.
Oshqozonni himoyalash uchun qulupnaydan oshqozon ichagi biroz bezovta qiladiganlar ehtiyot boʻlganlari maʼqul. Shuningdek, allergiyaga moyilligi bor kishilar ham qulupnayni  ehtiyot boʻlib isʼtemol qilishlari lozim. 
Qulupnayni smetana, yogʻsiz qaymoq yoki tvorog bilan isteʼmol qilgan afzal. Chunki ushbu sut mahsulotlari tarkibidagi yogʻlar oshqozon devorini qoplab oladi va kislotalarning oshqozonga ziyon yetkazishiga yoʻl qoʻymaydi. Bundan tashqari, sut mahsulotlari bilan isteʼmol qilingan qulupnay tishlarga ham ziyon yetkazmaydi.
Qulupnay oshqozonda bijgʻish jarayonini keltirib chiqarganligi tufayli ovqatdan keyin desert sifatida tanovul qilish tavsiya etilmaydi.
Mumkin emas! Agar oshqozon yarasi yoki gastrit bezovta qilsa, yaxshisi ushbu neʼmatdan ehtiyot boʻling.
Qon bosimiga qarshi dori vositalaridan foydalanayotgan boʻlsangiz, buyragingizni asrash uchun qulupnayni haddan ziyod isteʼmol qilmang.
Yodingizda tuting! Qulupnay mevasini uzoq muddat saqlab boʻlmaydi. Muzlatkichda koʻproq saqlab qoʻysangiz, tarkibidagi nitritlar — kanserogen moddalarga aylanib, salomatligimizga xavf solishi mumkin.

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Bekchanova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.