Rux mikroelementi inson sogʻlom va durkun boʻlishida katta ahamiyatga ega. Ushbu mikroelement moddalar almashishida faol ishtirok etadi. U inson organizmdagi metall hisoblanib, demak, vujudimizga ham maʼlum miqdorda metall kerak ekan.
Organizmni baquvvat qilib ushlab turadigan narsa bizning gormonal holatimizdir. Bunda ruxning oʻrni nihoyatda muhim. Masalan, organizmda testosteron gormoni ishlab chiqarilishida rux faol ishtirok etadi.
Spermatozoidlar ishlab chiqarilishida ruxning ahamiyati katta. Gormonlarning yetishmasligi jiddiy salbiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi.
Masalan, ayollarda gormonal buzilishlarni kayfiyat tez-tez oʻzgarishida koʻrish mumkin. Erkaklarda esa disgormonal prostatapiya kasalligi yuzaga kelishida rux yetishmovchiligi sabab boʻladi.
Rux insulin ishlab chiqarilishida ham faol qatnashadi. Bugungi kunda qandli diabet bilan kasallanganlarda ushbu mikroelement yetishmaydi.
Somatotropin gormoni bu oʻsish gormoni boʻlib, rux mikroelementi organizmda ushbu gormon ishlab chiqarilishiga yordam beradi.Bolalarning sogʻlom va durkun boʻlib rivojlanishida uning uning ahamiyati katta.
Rux tanani tashqi tarafdan keladigan salbiy radial nurlardan ham himoyalaydi. Shuningdek, ushbu mineral miya va jigar hujayralariga, shuningdek, spirtli ichimliklarning organizmga salbiy taʼsirini ham oldini oladi.
U goʻsht, jigar, tuxum, dukkakli donlarda, yongʻoqlarning barcha turlarida, ayniqsa, togʻ bodomlari hamda koʻkatlar tarkibida mavjud. Ona yurt neʼmatlarini bilib-bilib isteʼmol qilsangiz, shifobaxsh, davosi ham oddiy va arzon. Toʻgʻri ovqatlanishni oʻrganib oling.
Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach