Yoz faslida yaxshi yetilgan rezavor — neʼmatlardan qizil va qora chetan mevasi–ryabina, naʼmatak, maymunjon, qoragʻat kabi mevalardan qishga gʻamlab qoʻyish lozim. Bu kabi S vitaminlarga boy mevalar organizmni qishning sovuq havosidan himoya qiluvchi kuchini oshirishda darmondori boʻladi.
Olxoʻri, oʻrikning qoqisi yurakka quvvat bagʻishlaydi. Mayiz, bodom, yongʻoqlar kuzgi maʼyuslik hamda bahorgi vitamin yetishmovchiligidan himoya qiladi.
Obdon quritilgan mevalar qish boʻyi yaxshi saqlanadi. Ularni choy damlagandek damlab isteʼmol qilish mumkin. Yoki ularni shimib yurish yanada immunitetni kuchaytiradi.
Fazilat Saʼdullayeva,
1-Respublika tibbiyot
kolleji oʻqituvchisi