Zaytun moyi barcha aʼzo va tizimlarga foydali taʼsir koʻrsatadi, bu haqida biz avval mukammal xabar bergandik.
Bugungi maslahatimiz esa soch, teri va tirnoqlarga daxldor boʻlib, ularni goʻzallashtirish, mayinlashtirish haqida maslahat beramiz.
Coch, tirnoq oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, sochlarni mustahkam, egiluvchan qiladi. Buning uchun zaytun yogʻini isteʼmol qilish bilan birga sochlarga surtish kerak. Uning yogʻini isʼtemol qilish oʻta quruq terini muloyimlashtiradi, ovozni mayinlashtiradi, tishni, milkni mustahkamlaydi.
Zaytun moyini ichish tartibi: 1-2 choy qoshiqni ichish eng samarali hisoblanadi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin bir stakan iliq suv bilan och qoringa ichiladi. Bir oy ichida siz juda yoqimli oʻzgarishlarni his qilasiz.
Fazilat Saʼdullayeva, farmatsevt