ZAYTUN YOGʻINING ShIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

0
62812
marta koʻrilgan.

 Zaytun yogʻi tarkibida toʻyinmagan yogʻ kislotalari – olein kislotasi bor. U inson organizmidagi xolesterinni parchalaydi, qon tomirlari devorini mustahkamlaydi. Kishining umumiy sogʻligʻini tiklaydi, turli kasalliklarga shifo boʻladi.

Zaytundagi linol kislotasi tanadagi jarohatlar tez bitishiga, koʻz ravshanligiga yordam beradi. Yurak kasalliklari (falaj, xuruj) oldini oladi, ularni samarali davolaydi. Keksalar yuragi faoliyatini yaxshilaydi,  arteriya qon tomirlarini egiluvchan (elastik) qiladi. Sistolik, diastolik qon bosimini pasaytiradi, qondagi xolesterin miqdorini  meʼyorida ushlab turadi.

Ovqat hazm qilish aʼzolariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ooshqozon, ichaklar, oshqozon osti bezi, jigar faoliyatini yaxshilaydi Oshqozon, oʻn ikki barmoqli ichakdagi yaralarni tuzatadi, ich kelishini ravon qiladi. Organizmning yosharishiga yordam beradi.

Zaytun yogʻini har kuni isteʼmol qilish yurak-tomir tizimidagi stenokardiya, infarkt, saraton, xususan ayollardagi koʻkrak saratoni, qandli diabet, semirish kasalliklari xavfini kamaytiradi.  Zaytun yogʻi insonning yosh, navqiron koʻrinishiga koʻmaklashadi. Zaytun yogʻi tarkibidagi moddalar qondagi zaharli  triglitsirid miqdori oshib ketishiga yoʻl qoʻymaydi, suyakni mustahkamlaydi, yuqori arterial qon bosimini meʼyorlashtiradi, bavosir (gemorroy) kasalligini davolaydi.

Ruhiy kasalliklarning oldini oladi. Jumladan, tushkunlikni bartaraf etadi. Chunki,  miya faoliyatini rivojlantiradi, xotirani kuchaytiradi. Shuningdek, zaytun yogʻi miya faoliyati bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etadi, qarilikni sekinlashtiradi, Yaratganning izni bilan kishiga uzoq umr bagʻishlaydi.

Zaytun yogʻi teriga surtilsa, uni nafis qiladi, u labga, qovoqlarga surkab turilsa, labni chiroyli qiladi, koʻzni quvvatlantiradi, soch, tirnoq oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, sochlarni mustahkam, egiluvchan qiladi (Buning uchun zaytun yogʻini isteʼmol qilish bilan birga sochlarga surtish kerak), Uning yogʻini isʼtemol qilish oʻta quruq terini muloyimlashtiradi, ovozni mayinlashtiradi, tishni, milkni mustahkamlaydi.

Sevara Gazibayeva, 1-Respublika tibbiyot kolleji kafedra mudiri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.