Sogʻlikka foydasi shundaki, mahsulot tola va omega-3 yogʻ kislotalariga boy. Bir osh qoshiq maydalangan zigʻir urugʻi tarkibida 2 g koʻp toʻyinmagan yogʻli kislotalar 37 kaloriya mavjud. Zigʻir urugʻi ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va ich qotishini oldini oladi. Shuningdek, u qondagi umumiy xolesterin darajasini pasaytiradi. Yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Milk, yuz, ovoz muskullari, koʻkrak va badandagi ichki va tashqi shishlarni ketkazadi, ovoz bugʻuqligini yoʻqotadi. Buyrak va qovuq toshlarini tushiradi. Maniy (sperma) va siydikni koʻpaytiradi, oshqozon, ichak va sochlarni quvvatlantiradi, yaralarni yopadi. Xususan, koʻk yoʻtal, yoʻtal va oshqozon yarasi uchun juda foydali. Saraton (rak)ning oldini oladi, saraton yangi boshlagan boʻlsa, toʻxtatadi.
Malham tayyorlash: 1 qoshiq zigʻir urugʻi tuyiladi, 1 qoshiq asal va 3-5 dona ezilgan sarimsoq bilan aralashtiriladi va yutiladi, ustidan suv ichilsa, ich ketishini toʻxtatadi, ich qotishining oldini oladi. Faqat ertalab och qoringa ichish mumkin emas.
2-usul: 1 qoshiq zigʻir urugʻi sovuq suv bilan aralashtirilib, ustiga doka qoplanadi va 1-2 soat damlanadi yoki 1 qoshiq zigʻir urugʻi 50 gr sovuq suv bilan aralashtiriladi va 5-6 soat turadi. Keyin urugʻlari bilan kuniga 1 mahal ichiladi.
3-usul: Yangi maydalangan zigʻir urugʻi suv bilan aralashtiriladi, ezilgan va shish joylarga kompress qilinadi.
4-usul: Qaynatilgan zigʻir urugʻining boʻtqasi kuygan joylarga suriladi.
5-usul: Zigʻir urugʻi qichitqi oʻti bilan qaynatilib, asal bilan yoki oʻzi yeyilsa, saraton dardida foyda beradi.
6-usul: Zigʻir urugʻi non xamiriga qoʻshilsa, non hazmini osonlashtiradi.
7-usul: Yangi qovurilgan va maydalangan zigʻir urugʻi zaytun yogʻi bilan aralashtirilib, bosh terisiga surilsa, soch toʻkilishini toʻxtatadi, sochlarning oʻsishi va qalinlashishini taʼminlaydi.
Ogohlantirish: maydanlangan zigʻir urugʻini zudlik bilan ishlatish kerak, aks holda tarkibidagi omega kislotalari shifo xususiyatini yoʻqotadi!
Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi