Zira koni foyda

0
4000
marta koʻrilgan.

Oʻtsimon ikki yillik oʻsimlik ziraning  boʻyi 80 sm gacha boʻladi. Bargi kesilganga oʻxshaydi. Guli mayda, oq va soyabondek oʻsadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Tarkibida efir va yogʻli moylar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar mavjud.

Dorivor sifatida asosan iyulda terib olingan zira urugʻi foydalaniladi.

Urugʻi ichakda yel-gaz haydovchi, sut koʻpaytiruvchi, mikroblarga qarshi kurashuvchi, gijja haydovchi xuxusiyatlarga ega. Ziravor ichakda ovqat chirishida ishtirok etib,  ovqat hazm qilishni yaxshilaydi,.

Bronxit dardida zira, ukrop, arpabadyon, kashnich  urugʻlari teng  miqdorda olinib, maydalanali. Ikki stakan qaynoq suvga undan bir osh qoshiq solib,olovda 2 daqiqa damlanadi. Qaynatmadan  kuniga bir mahal  2 osh qoshiqdan ichiladi.

         Ich qotganda ikki osh qoshiq ziraga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa qaynab turgan suvli  idishda  damlanib, soʻngra olov oʻchirilib, yana  45 daqiqa ushlanadi. Damlamadan  yarim stkandan 2 mahal ovqatdan keyin ichiladi.

Qorinda gaz yigʻilganda zira urugʻidan bir osh qoshiq olinib, bir stakan qaynoq suvga solnib, past olovda 30 daqiqa ushlanadi.Soʻngra dokada suzib olinadi. Damlamani kattalar bir osh koshiqdan 2-3 mahal, bolalar bir choy qoshiqdan 2-3  marta ichishadi.

Saʼdullayeva Fazilat,

1-Respublika tibbiyot kolleji

 katta oʻqituvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.