Ziraning shifobaxsh xususiyatlari

0
1302
marta koʻrilgan.

Toʻgʻri ovqatlanish va muntazam mashqlar orqali ozish va sogʻlom boʻlish hech kimga sir emas. Koʻpchilik ozishni, badanidagi ortiqcha yogʻlarni ketkazishni orzu qiladi. Ushbu jarayonida maʼlum ahamiyatga ega ziravor mavjud. Bu zira.

U har qanday ovqatda ishlatsa boʻladigan va yogʻ hujayralarining toʻplanib qolishini kamaytirish orqali ozishga yordam beruvchi ajoyib neʼmat. Shifobaxsh neʼmat vazn yigʻilishining oldini olishdan tashqari, oldindan mavjud boʻlgan ortiqcha kilogrammlardan qutulishga ham yordam beradi, yogʻ toʻqimalari foizini jiddiy ravishda kamaytiradi.

Eron tibbiyot fanlari universitetida oʻtkazilgan tadqiqotlarda oʻz ratsioniga zirani kiritgan ayollar organizmida yogʻ toʻqimalari 14 foizga kamaygani, shu vaqtning oʻzida, nazorat guruhi qatnashchilariniki esa hatto sogʻlom yashash tarziga qaramasdan 5 foizga kamaygani aniqlandi.

Ushbu neʼmat tiniqib uxlashni ham taʼminlaydi. Zero,  uyquga toʻymaslikovqatga boʻlgan taʼlabni kuchaytiradi. Toʻyib uxlamaslik ishtahani nazorat qila olmaslikka va metabolizmning sekinlashishiga olib keladi. Zira uyqusizlikning oldini oladi.

U qondagi shakar miqdorini kamaytirishga ham yordam beradi. Zira hujayralarning insulin va glyukozaga boʻlgan moyilligini kuchaytirish yoʻli bilan qondagi shakar miqdorini ushlab turishga koʻmaklashadi. Qondagi shakar miqdorini nazoratda tutib turish esa uglevodlarga boʻlgan intilishni yengishni taʼminlaydi.
U ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Ushbu neʼmat  ogʻiz boʻshligʻidagi soʻlak bezlarini faollashtiradi, bu esa hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi. Zira tarkibidagi timol moddasi ovqat hazm qilish va singdirishda ishtirok etuvchi kislota boʻlib, oʻt va fermentlar ishlab chiqaruvchi bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Shuningdek zira yel haydovchi vosita hisoblanadi, yaʼni u gaz yigʻilishi va qorin damlash muammolarining ham yechimi ekanligini bildiradi.

Ziravorni qovurilgan va dimlangan har qanday ovqatlarda ishlatish mumkin. Ushbu  ziraning choyi ham koni foyda. Zirani suvda qaynating va oʻn daqiqa damlab qoʻying. Ovqatdan keyin xoʻplab-hoʻplab iching. Uning samarasini yaqqol his qilasiz.

Azizlar salomatligingiz oʻz qoʻlingizda.  Tibbiy saboqlarga eʼtiborli boʻlsangiz, koʻproq oʻqisangiz oʻz vujudingizga quloq tutib tursangiz va  xalqimizning kam soʻzla, kam ye degan mataliga amal qilsangiz bas.  Tanangiz ham qalbingiz ham Allohning omonati, unga xiyonat qilmang. Sogʻlom turmush tarziga amal qiling.

Dilbar BEKCHANOVA, jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.