2021 yil 1 fevraldan kimlarning pensiyalari oshirildi?

0
224
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4938-son qaroriga koʻra, 2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

Qarorga asosan 2021 yil 1 fevraldan  boshlab Oʻzbekiston hududida:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 soʻm;

bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 soʻm;

bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa — 434 000 soʻm;

kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam —  326 000 dan 653 000 soʻmgacha.

14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa:

 bitta bolali oilalarga – 144 100 soʻm

ikkita bolali oilalarga – 238 700 soʻm

uchta va undan ortiq bolali oilalarga — 334 400 soʻm

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam — 434 000 dan 1 085 000 soʻmgacha oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari joriy yilning 1 fevralidan faxriy unvoniga ega pensionerlar uchun toʻlov miqdori Qarorga (http://pfru.uz/) asosan 1.1 barobarga oshirildi.

R. SAʼDULLAYEV, huquqshunos

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.