Quyidagi maʼlumotlar Davlat test markazi direktori Majid Karimov tomonida AOKA shtabidagi brifingda maʼlum qilindi:
Abituriyentlarga antiseptik vositalari, qoʻlqop, niqob, bosh kiyim, ruchka va ichimlik suvlari davlat tomonidan bepul taqdim etiladi.
Respublika boʻyicha bir kunda 100 ming odam test sinovi topshirishi rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahrida test sinovlari uchun 10 000 taga yaqin oʻrinli joy tayyorlangan, sinovlar ikki smenada tashkil qilinib, bir kunda 20 mingga yaqin abituriyent test topshirishiga imkon yaratiladi.
Test topshirilgandan keyin ertasi kuni natijalarni koʻrsa boʻladi. 1 hafta ichida abituriyent qaysi yoʻnalishga tavsiya etilgani maʼlum qilinadi. Bu maʼlumotlar hamda toʻplangan ballarni shaxsiy kabinetda bilsa boʻladi.