AOKA huzuridagi shtabning brifinglarida bugungi kun mavzulari yoritilmoqda

0
173
marta koʻrilgan.

Maqsuda Shirinova tahririyatimizga maktub yoʻllabdi: «Men 14 yoshli bolamga  nafaqa olaman. Uning muddati 2020 yil may oyida tugaydi. Hozir karantin vaqtida hujjat taxlaymi yoki karantin davrida uzluksiz beriladimi?»

AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boʻlimi boshligʻi Adiba Nuriddinova ishtirokida brifing oʻtkazildi. Ushbu brifingda Maqsuda Shirinova siz bergan savolga ham javob bor.

Quyida brifing davomida muhim savollarga qaytarilgan javoblar taqdim etiladi. Muloqatdagi  oxirgi savol va javob  Sizning maqsadingizni ifodalaydi.

Savol: Men maktabda asosiy shtatdagi oʻqituvchi sifatida ishlab kelyapman. Menga 1 apreldan 2-guruh nogironligi belgilandi. Ishimni davom ettirsam boʻladimi?

Javob: Agar sizga 2 guruh nogironligini belgilangan va mehnatga layoqatsiz deb xulosa berilgan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan Mehnat kodeksining 100-moddasi birinchi qism 2-bandiga asosan xodimning sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilishga asos boʻladi.

 Agar sizga 2-guruh nogironligi belgilangan va xulosasida sizning ishlab turgan kasbingiz boʻyicha mehnatga layoqatli deb belgilangan boʻlsa ish beruvchining roziligi bilan siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi davom etishi mumkin.

▪️Bundan tashqari, mehnat qonunchiligida 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga qator imtiyozlar ham belgilangan, masalan mehnatga toʻlanadigan ish haqini kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilishi, yillik uzaytirilgan asosiy taʼtil berilishi va boshqalar.

Savol: Karantin vaqtida davlat tashkilotlarida ishchilar grafik asosida navbatchilikka qoʻyilishi mumkinmi, ishxonada qorovullar yetarli boʻlishiga qaramay. Bu holat qonunchilikka zid emasmi?

Javob: Bu oʻsha tashkilotning sohasi, unda koʻzda tutilgan ish rejimi, bugungi sharoitiga bogʻliq.

Agar tashkilotning lokal hujjatlarida yoki xodimning mehnat shartnomasida koʻrsatilmagan boʻlsa, Mehnat kodeksiga asosan ish beruvchi ishchilarni grafik asosida navbatchilikka, yaʼni ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga, shuningdek oʻzining xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majbur qilsa, javobgarlikka tortiladi.

Savol: Menga mahalladan moddiy yordam 6 oy muddatga tayinlangan edi, yana davom ettirilishida qanday tarzda amalga oshiriladi? Men qayerga murojaat qilishim kerak?

Javob: Hech qayerga. Yaʼni, Sizga toʻlanadigan moddiy yordam murojaat qilmasangiz ham avtomatik tarzda 6 oyga tanaffussiz davom ettiriladi.

Asos — «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni.

Manbaa: aoka_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.