«Arshin mol olon» musiqali komediyasini ilk bor oʻzbek tiliga kim tarjima qilgan?

0
26
marta koʻrilgan.

Ozarbayjon xalqining mashhur asari “Arshin mol olon” Oʻzbekistonda ham mashhur boʻlib, teatr sahnalari dasturlaridan tushmaydi. 

Ushbu Uzair Hojibekovning “Arshin mol olon” nomli sahna asari 1921 yil (bundan 103 yil oldin)  Gʻozi Yunusov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U  Toshkent shahridagi “Turon” teatri sahnasida “Targʻibot” truppasi tomonidan ilk bor oʻzbek tilida sahnalashtirildi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, tilshunos, folklorshunos olim Gʻozi Yunus tomonidan ushbu asar tarjima qilinib, sahnaga qoʻyilgan vaqtda tarjimon Maorif komissarligi qoshidagi ilmiy kengash til va terminologiya shoʻbasida ishlagan. Ushbu asar 103 yildan buyon sahnalardan sahnalarga koʻchib tomoshabinlarga zavq-shavq ulashadi. Masalan, Xorazm viloyat teatri sahnasida hamon  oʻz oʻrniga ega. Tomoshabinlarning eng sevimli sahna asarlaridan biridir.

Shuningdek, Gʻozi Yunus (1893–1938) oʻzbek xalq eposi – «Alpomish» dostonining ilk tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi. Tilshunos, folklorshunos olim Gʻozi Yunusning oxirati obod boʻlsin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.