Avtotransport haydashda cheklovlar oʻrnatilmoqda

0
204
marta koʻrilgan.

Cavol: ertadan boshlanadigan avtotransport cheklovlari faqat viloyat markazlari uchunmi yoki butun Oʻzbekiston hududiuga daxldormi?

JAVOB: mazkur cheklovlar faqat bir viloyatdan ikkinchi viloyatga oʻtishda, shuningdek Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlariga taalluqli. Boshqa shahar va tumanlarda avtotransport haydashda bunday cheklovlar oʻrnatilmaydi. Stiker olish ham shart boʻlmaydi.

Cavol: Cheklovlar qachongacha davom qiladi?

JAVOB: 2020 yil 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar VILOYATLARARO, TOSHKENT VA NUKUS ShAHARLARI HAMDA VILOYATLAR MARKAZLARIDA Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi. Qolgan hududlar bundan mustasno.

Cavol:Ruxsatnomalar qaysi avtotransport vositalariga beriladi?

JAVOB: Ruxsatnomalar quyidagi avtotransport vositalariga taqdim etiladi:

✅ oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanadigan tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tashkilotlarda doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;

✅ Sanitariya va gigiyena mahsulotlarini (koronavirus infeksiyasidan himoyalovchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar) ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari;

✅ Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari.

Eslatma: Respublika maxsus komissiyasi tomonidan oldinroq qabul qilingan qarorlarga koʻra: Dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat doʻkonlari, shifoxona va dorixonalar faoliyati avvalgi tartibda davom etmoqda.

Koʻpchilikni qiziqtirayotgan savollarga javoblar @koronavirusinfouz asosida tayyorlandi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.