Avtoulov konditsionerining salbiy taʼsiridan saqlanishga yordam beradigan tavsiyalar

0
165
marta koʻrilgan.

Mashina konditsioneridan notoʻgʻri foydalanish nafas yoʻllari va boshqa  kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun konditsionerning salbiy taʼsiridan saqlanishni ham bilish kerak.

 Birinchidan, avtoulov sovutgichining salqinlatish darajasi asta-sekin oshirilishi lozim. Haroratning keskin oʻzgarishi  kasallanish ehtimolini sezilarli darajada kuchaytiradi.

Ikkinchidan, konditsioner filtrlarini almashtirib turish kerak, chunki ushbu filtrda xavfli bakteriyalar, mogʻor va chang paydo boʻlishi mumkin va siz sovutgichni yoqqaningizda mikroblarning barchasi havoga otilib chiqadi va siz undan nafas olasiz.

Uchinchidan, konditsioner havoni quritganligi sababli, quruq havo tananing shilliq qavatini ham quritadi. Buning oldini olish uchun tashqaridan havo qabul qilish moslamasini yopib qoʻymasligingiz kerak.

Asosiysini unitmang. Avtoulovni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomada konditsionerni yoqishdan oldin derazalarni 2 daqiqa davomida ochish kerakligi yozilgan, ammo sababi aniq aytilmagan, faqat avtomobilning yaxshi ishlashiga ishora mavjud.

Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, konditsioner sovishini boshlashdan oldin plastmassa isitilgan barcha havoni tashqariga chiqarib yuboradi va shu bilan birga saraton kasalligini keltirib chiqaradigan zaharli  boʻlgan benzolni ham havoga chiqaradi. Shuning uchun, mashina sovutgichi yoqilgandan keyin derazalarni bir necha daqiqaga ochib qoʻying.

Gujum.uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.