Axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

0
166
marta koʻrilgan.

«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–794-son, 19.10.2022).

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Endilikda ushbu qilmish BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilib, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Manbaa: AOKA rasmiy kanali

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.