«Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga eʼtibor beriladi. Xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
a) tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtiriladi;
b) mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinadi;
v) kooperativlarga jalb etiladi;
g) kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashiladi.