Ayollarga qanday imtiyozlar bor?

0
1790
marta koʻrilgan.

Yangi Oʻzbekiston davrida xotin-qizlarga koʻplab imtiyozlar berildi. Jumladan:

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun 33 million soʻmgacha kreditlar ajratiladi.

Ayollarni pensiya yoshiga toʻlganligi sababli ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan boʻshatish taqiqlanadi.

Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi.

«Ayollar daftari»ga kiritilganlarga 40 mln 500 ming soʻmgacha kredit berilishi mumkin.

 Ishlaydigan onalarga bolani ovqatlantirishga tanaffus beriladi.

 Xotin-qizlarning kasb oʻrganishga qilgan xarajatlarini davlat toʻlab beradi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan yolgʻiz ayollarning farzandlari ham bogʻchaga imtiyozli roʻyxat asosida qabul qilinadi.

Ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi.

 Faol va tashabbuskor xotin-qizlar “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

12 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarga qoʻshimcha taʼtil beriladi.

Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan toʻlab beriladi. 

 2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar yengilroq ishga oʻtkaziladi.

 Homilador ayollar, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov qoʻllanilmaydi.

 Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtiroki taʼminlanadi.

 Ayrim ayollar 53 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin.

Manba: huquqiy_axborot

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.