Bemor koronavirusdan davolangandan keyin ham unda (PZR) test musbat natija koʻrsatsa, u ushbu kasallikni yuqtiruvchi boʻladimi?

0
118
marta koʻrilgan.

 – Baʼzida bemor koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganidan keyin ham unda (PZR) test musbat natija koʻrsatadi. Xoʻsh, bu nima bilan bogʻliq? Umuman olganda (PZR) test qancha vaqt musbat boʻlishi mumkin?

— Odatda koʻpgina bemorlarda koronavirus kasalligining 10-14 kunidan keyin burun va xalqumdan olingan (PZR) test manfiy natija koʻrsatadi. Lekin ayrim paytlarda mazkur test natijasi musbat boʻlishi ham mumkin. Yaʼni, baʼzida shunday bemorlar boʻladiki, bu holat ularda bir, hatto ikki oygacha  ham davom etishi mumkin.

Xoʻsh, bu nima bogʻliq?! Avvalo shuni aytish kerakki, agar bemor koronavirusdan davolangandan keyin oʻzini butunlay sogʻlom his etsayu, biroq unda (PZR) testdan soʻng “COVID-19” virusi aniqlansa, bu insonda virusning qoldiqlari borligi va juda kam miqdorda ekanini bildiradi.

 Shunday boʻlsa-da, bunday insonlar yon-atrofidagilar salomatligiga jiddiy xavf tugʻdirmaydi. Yaʼni, bu paytda bemorning burni va halqumida “COVID-19” virusi yuklamasi kam miqdorda boʻlib, odamlarga yuqmaydi.

 Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) virusning RNKsini aniqlab beruvchi test hisoblanib, juda yuqori natija koʻrsatadi. Ushbu test nafaqat tirik, balki organizmdagi oʻlik viruslarni ham aniqlay oladi.

Raʼno QOSIMOVA, tibbiyot fanlari doktori, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.