Xalq tabobatida azal-azaldan ochlik bilan davolash mavjud. Roʻza ayyomidagi ochlik esa ruhiyatni ham yuksaltiradi. Qalbga osoyishtalik bagʻishlaydi. Sabrga oʻrgatadi. Organizmni tozalaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Roʻza tutinglar, sogʻlom boʻlasizlar», degan oʻgitlari bejiz emas.
– Badaningizdan sakson foiz zaharli moddalar chiqib ketadi.
– Oshqozon osti bezi katta hajmda ishlaydi. Shu sabab qand diabeti kasalligiga chalinish sakkiz oy muddat ortga suriladi.
– Miya nikotin moddasidan xalos boʻladi. Bu narsa sigaretani tashlashga yordam berib, tanani kofein moddasidan xalos qiladi.
– Qarishni uch oy ortga suradi. Bunga qoʻshimcha ravishda hujayralarni tozalaydi.
– Roʻza tanadagi oʻlimga hozirlanayotgan barcha hujayralarni, ayniqsa immunitet va qon aylanishda muhim boʻlgan hujayralarni himoya qiladi.
– Roʻza uzoq muddat ishlab kelayotgan hujayralarga dam berish orqali ularni yangilab, tartibga keltiradi va tarkibida nosogʻlom boʻlganlarini chiqarib yuboradi.
– Roʻza buyrakni yuvadi. Shuningdek jigar, qonni aylantirish va ichki zaharli moddalarga barham berish uchun kuchli darajada tayyorgarlikni roʻza sababli qoʻlga kiritadi.
– Roʻzadagi foydalarning eng oliysi aksar gunohlardan xalos boʻlishingizdir.
R.SAPAYEVA tayyorladi.