Birinchi marta ishga kirgan yosh xodimlar oʻzlariga berilgan soliq imtiyozidan xabardormi?

0
355
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga kelayotgan murojaatlar va ijtimoiy tarmoqlardagi bahslarni kuzatsangiz  yoshlarni asosan, bir masala qiziqtiryapti…     Koʻpchilik 2017 yil 5 iyul kuni «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi PF-5106-sonli Prezident farmonining 13-bandi ijrosi amalda qoʻllanilayaptimi degan savolga javob izlashayapti.

 Farmonga  asosan, taʼlim muassasasini tamomlaganiga uch yil boʻlmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga daromad soligʻini birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish belgilangan edi.

 Ayni kunda  Prezident farmonining 13-bandi ijrosi amalda. Davlat soliq qoʻmitasi raisining 2017 yil 11 iyuldagi 413-sonli buyrugʻi bilan 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Prezident farmoni maʼlumot va ijro uchun qabul qilingan. Uning  ijrosini taʼminlash boʻyicha soliq organlariga tegishli topshiriqlar berilgan.

 Biroq, bugun yoshlarning fikrlariga qaraganda, aksar tashkilotlar bunday imtiyozni qoʻllashmayapti. Aslida PF-5106-sonli Prezident farmoni allaqachon kuchga ega. Yosh kadrlar unda koʻrsatilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega.

 Demak, taʼlim muassasasini tamomlaganiga uch yil boʻlmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga daromad soligʻi birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirilishi mumkin.

 Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, agar Siz yuqoridagi imtiyozlar kategoriyasiga toʻgʻri kelsangiz, yaʼni oʻqishni tugatib, ilk marta ishga kirib, hali ish joyingizni oʻzgartirmasdan faqat bitta joyda ishlayotgan boʻlsangiz, unda zudlik bilan korxona buxgalteriga murojaat qilishingiz mumkin. U oʻziga tegishli boʻlgan soliq organi bilan bu masalani aniqlashtirib olishi lozim.

 Yoshlarning baxtli hayoti uchun yaratilgan ushbu imkoniyat ularning ijtimoiy ahvolini yanada yaxshilashga, moddiy qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

G. Ashurova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.