BIROVNING MULKIGA ZARAR YeTKAZGANDA JAVOBGARLIK

0
1271
views

SAVOL: Oʻzganing mulkiga zarar yetkazgan shaxsga qanday javobgarlik bor?

JAVOB: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 61 prim 2-moddasiga koʻra, oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (1 500 000) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oz miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha (9 000 000 soʻm) boʻlgan miqdor,

Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish koʻp boʻlmagan miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha (3 000 000 soʻm) miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.  Koʻp boʻlmagan miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha (100 000 000 soʻm) boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.

gujum.uz

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here