Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar

0
237
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 26 iyun kuni “Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Baxtiyor Rahimov va boshqa mutasaddilar jurnalistlarga mavzu yuzasidan batafsil axborot berdi.

▪️ 2018 yil 1 dekabrdan boshlab, «sariq» va «qizil» yoʻlaklar, 2019 yil 1 martdan boshlab esa «yashil» va «koʻk» yoʻlaklar ishga tushirildi.

▪️Bojxona nazoratidan inson omili 100 foiz chiqarib tashlangan. Barcha nazorat ishlari elektron shaklda amalga oshirilmoqda.

▪️Yuk oqimi yuqori boʻlgan 16 ta avtomobil va temir yoʻl bojxona postlarida 17 ta inspeksion-koʻrik majmuasi oʻrnatilgan. Chegara bojxona postlarida qoʻl yuklarini nazorat qilish uchun 39 komplekt zamonaviy rentgen apparatlar bilan jihozlangan.

▪️Inson tanasini skaner qiluvchi zamonaviy skaner qurilmasi sinov tariqasida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga oʻrnatildi va ayni vaqtda sinovdan oʻtkazilmoqda. Sinov natijalariga koʻra 7 ta holatda qiymati 422,4 mln soʻmlik 1,3 kg zargarlik tilla buyumlari fuqarolarning tana aʼzolariga berkitilgan holda olib oʻtish holatlari aniqlandi.

▪️Bojxona va chegara punktlari orqali aholi oʻtib qaytishlari soni 2018 yil yakuniga koʻra 2017 yilga nisbatan 86 foizga oshgan.

▪️Import bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar soni 48 foizga, yuk deklaratsiyalari 35 foizga ortgan.

▪️Vakolatli iqtisodiy operatorlarga bojxona toʻlovlarini 20-60 kungacha kechiktirib toʻlashga ruxsat berilmoqda.

▪️Qiymati baland avtomobillar uchun bojxona toʻlovi kamaytirilgandan soʻng 6 oy davomida premium toifaga mansub 600 dan ortiq avtomobil, 20 ta elektromobil Oʻzbekiston hududiga olib kirilgan.

▪️Xorijdan keluvchi avtotransport vositalari uchun bojlar qiymati ham qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.