Bosh sahifa Savol-javob Bolalarni himoya qilish, asrab-avaylash – kundalik vazifa!

Bolalarni himoya qilish, asrab-avaylash – kundalik vazifa!

1
402
marta koʻrilgan.
Butun insoniyat va insonparvar jamiyat uchun bolalarni himoya qilish, asrab-avaylashdan muhimroq vazifaning  yoʻq.
 
Shuning uchun “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni mazkur yilning  9 avgustida  qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili — Bolalar ombudsmani instituti taʼsis etildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi tugatildi.

Bolalar ombudsmani oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi, oʻz faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir.

Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi. Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oliy Majlisning palatalarida koʻrib chiqilishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.

Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, uning sogʻlom turmush tarzini taʼminlash;
  • bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;
  • bolaning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish choralarini koʻrish;
  • bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish;
  • bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻrilayotgan choralarni baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish;
  • tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etish;
  • bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid maʼlumotni toʻplash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish;
  • davlat organlari va tashkilotlarning, shuningdek, hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.

Milliy komissiya va hududiy komissiyalar oʻzlarining vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan oʻz faoliyatini tashkil etishda tegishli davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qilish huquqiga ega.

Ravshan Saʼdullayev, huquqshunos

Yoyish

1 mulohaza

  1. Meni vasiylik organi orkali bokib olingan kizimni fukarolik sudi binosi xovlisida 1 ta erkak 4 ta ayol jami 5 kishi gruppavoy bulib sochidan tortib tepib urib xakorat kilib bokib olinganlik sirini fosh kilib kizimni tillo takinchoklarini zurovonlik kilib tortib olib urishdi. Bu xolatdan keyin kizim 7 kun miya chaykalish burun kiyshayish va boshka jaroxat bilan kasalxonada va 10 kun ambulotoriya davolanishida buldi. IIB tergovchisi kizim va men jabrlangan bulsakda bizni tergovchi Kosimova Dilshoda bizga jinoyat ishi ochib bizga 140 moda kurgan, 1 yilda 2 marotaba kaltaklanib pichoklanganimiz uchun

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.