Bolani necha yoshdan ishga joylashtirish mumkin?

0
1958
marta koʻrilgan.

Bolam maktabni tugatdi, kollejda oʻqishni davom qildirishi uchun hujjatini topshirib qoʻydik. Taʼtilda bolamni ishga joylashtirish istagim bor. Ham mehnatga oʻrganadi, ham yozgi boʻsh vaqtini bekor oʻtkazmaydi. Tashkilotlar bolani necha yoshdan boshlab ishga olishi mumkin?

Toshkentlik Sh. Salimovaning bu savoliga javob olish uchun xuquqshunos  Oysha Oxunovaga murojaat qildik.

Mustaqilliklik yillari Mamlakatimizda bolalar huquqiy holatini belgilash, himoya qilish va bola huquqlari kafolatlarining aniq mexanizmlari yaratildi.

”Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yuq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiyani (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi va “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisida”gi konvensiyani (Jeneva, 1976 yil 26 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yilning 14 martda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatining oʻn uchinchi yalpi majlisida tasdiqlandi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan imzolandi.

Voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklari himoyasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslardagi voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga oid normalari yanada takomillashtirildi.

Ayni kunda “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga va”Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Xalkaro Mehnat Tashkilotining (XMT) “Ishga qabul qilishda eng kichik yosh toʻgʻrisida”gi (1976 yil 26 iyun, Jeneva) Konvensiyasining 2-moddasiga binoan ishga qabul kilishdagi eng kichik yosh umummajburiy taʼlimni tugatgan paytdagi yoshdan past boʻlmasligi va barcha holatlarda, 15 yoshdan kichik boʻlmasligi belgilangan.

Milliy qonunchiligimizda yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (77-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (20-modda) binoan ishga qabul qilishda 16 yoshdan boshlab yoʻl qoʻyiladi, shu bilan birga, 15 yoshga toʻlgan shaxs, uning ota-onasidan birining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Shunday kilib, 15 yosh Oʻzbekiston Respublikasida ishga qabul qilishdagi eng kichik yoshni anglatadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2009 yil 26 yanvardagi 4-sonli bayoniga muvofik Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh 15 yosh deb tasdiqlandi va Tashki ishlar vazirligi tomonidan tegishli bayonot Xalkaro Mehnat Tashkilotiga yuborilgan. Xalkaro tajriba ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Koreya, Shveysariya, Yaponiya va boshka mamlakatlarning xalkaro-hukukiy tajribasi – koʻpchilik mamlakatlarda ishga kabul kilishda eng kichik yosh sifatida 15 yosh belgilanganligini koʻrsatadi (150 mamlakatdan 66 tasida – 15 yosh, 48 tasida – 14 yosh, 36 tasida – 16 yosh).

Ushbu qonunlar maʼsul organlarning, shu jumladan, katta yoshdagi shaxslarning ham kelajak avlod tarbiyasida maʼsuliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.