Bugungi kun tarixi: 11 iyul sanasi bilan bogʻliq ayrim voqealar bayoni

0
449
marta koʻrilgan.

1174 yil (bundan 847 yil oldin) – horazmshoh Takash poytaxt shahar Gurganjdan 20 farsax naridagi Supurli shaharchasi yonida amir Muayyid, oʻgay ukasi Sultonshoh va oʻgay onasi Turkon xotun qoʻshinlari bilan toʻqnashdi. Amir Muayyid qoʻshinlari tor-mor keltirildi. Uning oʻzi asir olinib, xorazmshoh Takash farmoni bilan qatl qilindi. Turkon xotun va Sultonshoh Dehiston shahriga yashirindilar. Xorazmshoh Takash Dehistonni qamal qilib oldi. Sultonshoh Nishopurga qochib, amir Muayyidning oʻgʻli Toʻgʻonshoh Abu Bakr huzurida yashirindi. 

1939 yil (bundan 82 yil oldin) – fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Oʻtkir Rasulov tavallud topdi (vafoti 2021 yil). Uning ilmiy ishlari fizik elektronika va qattiq jism sirti fizika-kimyosi sohalariga oid. U emission elektronikaning yangi yunalishi – koʻp atomli molekulalarning qattiq jism sirti bilan oʻzaro taʼsiri va bunday zarralarning sirtiy ionlanishini ochgan. Oʻtkir Rasulov 1994 yilda “Shuxrat” medali va 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

1941 yil (bundan 80 yil oldin) – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abduvali Abduvahobov tavallud topdi (vafoti 2014 yil). Uning rahbarligida hasharotlarning kimyoviy ekologiyasi bilan bogʻliq izlanishlar olib borilgan.

2014 yil (bundan 7 yil oldin) – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unda haftaning har seshanba va juma kunlari bolalarning respublika davlat muzeylariga bepul kirishi kunlari etib belgilandi.

2017 yil (bundan 4 yil oldin) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 2 yil oldin) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “«O‘zbekiston tarixi» telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Manbaa: oʻzA.  Alisher EGAMBERDIYEV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.