Burga, klapa, chivinlar koronavirus tashuvchisi boʻlishi mumkinmi?

0
327
marta koʻrilgan.

 AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida  oʻtkazilgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

SAVOL: Nega telefonlarga ogohlikka daʼvat etuvchi SMS-xabarlar kelmay qoʻydi? Odamlar niqob, antiseptiklar, qoʻlni sovunlab yuvish toʻgʻrisida eslatib turilmasa ehtiyotkorlikni unutishmoqda?

JAVOB: Toʻgʻri, telefonlarga SMS-xabarlar kelishi toʻxtadi, lekin buning oʻrniga muntazam OAV orqali targʻib qilinmoqda.

SAVOL: Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Ulugʻbek shaharchasi qizil hududga kiritilgani uchun shifokorlar qabuliga borolmayapmiz. Oilaviy poliklinika ishlamayapti. Yaqin oradagi tibbiyot muassasalari tibbiy xizmat koʻrsatishdan bosh tortishdi.  Turmush oʻrtogʻimga tashxis qoʻyilishi uchun tahlil topshirishlari zarur?

JAVOB: Agar turmush oʻrtogʻingizda biror oʻtkir kasallik bor boʻlib, unga tez tibbiy yordam zarur boʻlsa tez yordam mashinasini uyga chaqiring. Har qanday vaziyatda ham tuman tibbiyot birlashmasi sizning muammongizni yechishi lozim.

SAVOL: Oliy toifali shifokorman. Karantin tufayli aprel oyida toifamni qayta tasdiqlata olmadim. Toifa muddati tugaganligi sabab maoshimni qisqartirishdi. Endi toifamiz ham pasaytiriladimi?

JAVOB: Bu masala bilan SSV attestatsiya komissiyasi shugʻullanyapdi. Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha respublika maxsus komissiyasiga takliflar kiritilgan, yaqin kunlarda aniq javobni eʼtiboringizga yetkazamiz.

SAVOL: Tahlil natijasidagi 1 marta xatolik, 2- natijada manfiy boʻlsa karantinda ushlab turish mumkinmi?

JAVOB: Agar birinchi marta koronavirusga topshirgan tahlil natijasi musbat chiqqan boʻlsa kasalxonada nazoratda boʻlishi kerak, ikkinchi marta tahlil natijasi manfiy chiqsa ham 14 kun nazoratda boʻladi.

SAVOL: Koronavirusga chalinganlarning koʻpchiligi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar. Ularning vaqtida karantinga olinishi taʼminlanyaptimi?

JAVOB: Ha, epidemik noxush davlatlarga borib kelgan barcha shaxslar 14 kun muddatga karantinga olinayapdi.

SAVOL: Koʻplab virus tashuvchisi boʻlgan hashoratlar (burga, klapa, chivin) koronavirus tashuvchisi boʻlishi mumkinmi?

JAVOB: Yoʻq, bu hashoratlar koronavirus infeksiyasi tashuvchisi boʻlishmaydi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.