Buning uchun bolani erkalashni shirin soʻzlar aytishni oʻrganing. Ona quchogʻi — tanamiz bolaligidan eslab qoladigan birinchi goʻzal harakat, tuygʻu. Bola goʻdakligidan-oq onasining bagʻrida oʻzini xavfsiz his qiladi. Bu bolaning qalb osoyishtaligini taʼminlaydi.
Agar onaning mehrli quchogʻiga emizish vaqti ham qoʻshilsa, demak, bu eng goʻzal qadriyat, baxt va xotirjamlik holatidir. Shuning uchun barcha shifokorlar bolani ona bagʻrida emizib, tarbiyalashni maslahat berishadi.
Olimlar ota-onalaridan yetarlicha mehr va eʼtiborni olgan bolalar tezroq rivojlanib, kamroq kasal boʻlishlarini isbotladilar.
Psixologlar maslahatiga koʻra bolani kuniga kamida sakkiz marta erkalash koni foyda. Mehr-muhabbatni ifodalash uchun alohida vaqt va sabab kerak emas. Bolani erkalab quchoqlash baxt gormonlarini ishlab chiqarishga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi va koʻplab jiddiy kasalliklarning oldini oladi. Zero, goʻdak podshoh deydi xalqimiz. Bu xikmat esa bejiz emas.
Farzandingiz oʻzini anglay boshlaganida esa har kuni yetti gapni aytishga eʼtibor bering: Seni yaxshi koʻraman; yaxshi ish qilganida – faxrlanaman; ikkilanganida, qoʻlingdan keladi; ruhiyatini tushinmay xatoga yoʻl qoʻyganingizda – meni kechir; bola xatoga yoʻl qoʻyganida, aybini, uning oqibatini tushintirib, kechirdim, deya olish; hammasi yaxshi boʻladi, deya ruhlantira olish; koʻnglingizdagidek ishni uddalaganida — moʻjizani oʻzisan deya ragʻbatlantirish.
Bu munosabatlar oʻzingizda ham bolaningizda ham baxtiyorlik his- tuygʻularni taʼminlaydi. Xotirjam munosabatlar tufayli inson vujudi baxt garmonlarini hosil qiladi. Quvonch, qalb xotirjamligi, bir-birini tushinib yashash uzoq umr garovidir.
R. SAPAYEVA