Diqqat, tanlov: “Oʻz huquqingizni bilasizmi?”

0
860
marta koʻrilgan.

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi koʻmagida oʻtkaziladi.

 

Tanlovning maqsadi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslar va qonunlarimiz mamlakat hayotini huquqiy jihatdan tartibga soladigan ustuvor yuridik ahamiyatga molik hujjatlardir. Ushbu huquqiy hujjatlar mamlakatimizning mustaqil taraqqiyoti uchun huquqiy zamin yaratdi, shu bilan birga demokratik rivojlanishning poydevori boʻlib xizmat qilmoqda. Ularda bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar huquqiy tartibga solinayapti. Shu bilan birga Oʻzbekistonning kuchli huquqiy demokratik davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari yuzlanishining taomili ham aks etadi. Unda xalqimizning irodasi, adolatli jamiyat barpo etishdagi intilishlari, ezgu istaklari mujassamlashgan. Shuning uchun huquqiy demokratik davlatning kelajagi boʻlgan farzandlarimizni yuksak huquqiy madaniyat sohibi boʻlgan inson sifatida tarbiyalash katta ahamiyatga ega.

Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda va ularni axborot xurujlaridan asrashda, sogʻlom, durkun voyaga yetishlarida oilaning roli katta. Huquqiy bilim, huquqiy ong va madaniyatni, mutolaga ishtiyoqmandlikni bolaligidan xotirasiga singdirgan farzand kelajakda komil inson boʻlib voyaga yetadi. Bolalarning maʼnaviy-huquqiy sogʻlom voyaga yetishini taʼminlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun avvalo, ularning koʻz ochib koʻradigan maskanidagi yaʼni, oiladagi tarbiyachilari boʻlgan kattalarning ham tafakkurini, maʼnaviyatini yuksaltirish lozim. Shu tufayli ushbu tanlov oilaviy tanlov koʻrinishida oʻtkaziladi. Zero, sogʻlom oila – jamiyat poydevori, salohiyatli yoshlar mamlakat kelajagidir.

Maqsadimiz, tanlov orqali oilalar hamda unda voyaga yetayotgan yoshlarning ona Vatanga boʻlgan muhabbatini oshirish, xalqimizning huquqiy yoʻnalishda erishgan bemisl yutuqlarini keng targʻib etish va uni har bir oila aʼzolarining ongu-shuuriga singdirishdan iborat. Bu oilaviy tanlov, ushbu savol-javoblar ularni oʻylashga, izlanishga, oʻz ustida ishlashga daʼvat qiladi.

 

Tanlov shartlari: Tanlov 2017 yilining 1 iyulidan 2018 yil 1 iyuliga qadar oʻtkaziladi. Tanlov doirasida oilalarning huquqiy bilim, huquqiy ong va madaniyatini, huquqiy mutolaga boʻlgan mehrini, shu jamiyatga daxldorlik tuygʻusini, umuman salohiyatini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan savollar berib boriladi. Ushbu savollarni yechishda faol qatnashgan, toʻgʻri javob yoʻllagan oilalar (oʻquvchilar, yoshlar va ularning tarbiyachisi boʻlmish ota-onasi, yoki buvi – buvalarining ham ismi-shariflari sayt sahifasida yoritib boriladi.

Savollarga javoblar “Oʻz huquqingizni bilasizmi?” tanloviga degan qayd va qisqa izoh hamda ishtirokchilar haqidagi maʼlumot bilan birga yuborilishi zarur.

Tanlov gʻoliblariga mukofotlar. Loyiha yakunida maxsus tadbir uyushtirilib, faol qatnashgan ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantiriladi.

Manzil: 700129, Toshkent shahri,

Navoiy koʻchasi, 30-uy.

Elektron manzil:

gujum@list.ru yoki ranobonu51@mail.ru

Murojaat uchun telefon:

(91) 137-85-82.

Mamlakatimizdagi barcha oilalarni tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!

 

“Sogʻlom ona va bolamarkazi hamda www.gujum.uz sayti tahririyati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.