Bu haqida koʻp soʻrashadi. Mamlakatimizda tegishli roʻyxatga asosan dori vositalari imtiyozli retsept asosida bepul beriladigan bemorlar bor.
Quyidagi bemorlarga tegishli roʻyxatga asosan dori vositalari davolovchi shifokor tomonidan yozilgan imtiyozli retsept asosida bepul beriladi:
- onkologik kasalliklarga chalinganlar;
- sil kasalligiga chalinganlar;
- moxov kasalligiga chalinganlar;
- endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
- ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
- OIV kasalligini yuqtirganlar;
- yurak klapanini protezlash va tana aʼzolarini koʻchirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar;
- 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilariga hamda oʻsha davrdagi mehnat fronti ishtirokchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan – nogiron shaxslar, baynalmilalchi jangchilarga;
- harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarga imtiyozli ravishda dori vositalari beriladi.