Dunyo mamlakatlarida davlat tili qoidalarini buzishga qanday jazo beriladi?

0
183
marta koʻrilgan.

ROSSIYa. «Davlat tili toʻgʻrisida»gi Rossiya Federal qonuniga koʻra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, tashkilotni nomlashda ham davlat tilidan foydalanishi belgilangan. Rossiyada 190 dan ortiq millat va elat yashaydi. Qonunni buzish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

GERMANIYa. “Maʼmuriy amaliyotlar toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, maʼmuriy amaliyotlar uchun rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar masʼul idoraga nemis tilidan boshqa tilda murojaat qilinsa, organ darhol uning nemis tiliga tarjimasini talab qilishi kerak. Nemis tilidan boshqa tilda murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.

IRLANDIYa. Davlat tili sifatida irland va ingliz tili qabul qilingan. Davlat organlarida davlat tillari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinayotganini tekshirish boʻyicha alohida organ mavjud. Agar davlat organi ushbu tashkilotga hujjatlarni taqdim qilmasa, ular bilan hamkorlik qilmasa, ushbu organ mansabdor shaxsi uchun 2000 yevrogacha jarima yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan. Bu tekshiruvlar natijasida til toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgani aniqlansa, davlat organi mansabdor shaxsi javobgarlikka tortilishi mumkin.

FRANSIYa. Konstitutsiyada faqat fransuz tili davlat tili deb belgilangan. Tubon qonuniga koʻra, davlat tashkilotlari tomonidan ish yuritish istisnosiz fransuz tilida olib boriladi, terminlarning fransuzcha muqobili turganda, inglizchasi yoki boshqa tildagisini ishlatish taqiqlanadi. Fransiya aholisining 51 foizi fransuz tilidan boshqa tilda gaplashadi. Qonun talablariga rioya qilmaganlik jismoniy shaxsga 700 yevro, yuridik shaxsga 3750 yevro jarima solinishiga sabab boʻladi, boshqa tilda peshlavhasi yoki yorligʻi yozilgan mulk musodara qilinishi ham mumkin.

GRUZIYa. “Davlat tili toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, davlat korxona va tashkilotlarida faqat gruzin tilida ish yuritiladi, zarurat tugʻilsa, hujjatlar boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin, ammo bu tarjimalar rasmiy hujjat hisoblanmaydi.

OZARBAYJON. Konstitutsiyaga koʻra, davlat tili ozarbayjon tili hisoblanadi. «Davlat tili toʻgʻrisida»gi qonunga koʻra, tashkilotlarda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Qonun talabiga rioya qilmaslik tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

TURKIYa. Barcha yozishmalar, yozuv va hisob-kitoblar hech qanday istisnolarsiz turk tilida olib borilishi talab etiladi. Ushbu talabga rioya qilmaganlik maʼmuriy jarimaga tortilishga sabab boʻladi. Turk yuridik shaxslari oʻrtasida tuzilgan turk tilida boʻlmagan shartnomalar bekor qilinadi.

QATAR. 2019 yilda qabul qilingan yangi qonunga koʻra, Qatarda barcha davlat organlari va rasmiy hujjatlarda arab tilidan majburiy foydalaniladi. Qonun talablariga amal qilmaganlik uchun 50 000 qatar riali (14 000 AQSH dollari atrofida) miqdorida jarima belgilangan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.