Gibrid usuldagi taʼlim shaklida oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida maktab hamda uydagi oʻquvchiga dars oʻtishga qanday ulguradi?

0
1099
marta koʻrilgan.
????????????????????????????????????

AOKA huzuridagi shtabda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ishtirokida  boʻlib oʻtgan brifingda  yangi oʻquv yili taʼlim jarayoni toʻgʻrisidagi masalalarga oydinlik kiritildi.

Savol: Gibrid usuldagi taʼlim shaklida oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida maktab hamda uydagi oʻquvchiga dars oʻtishga qanday ulguradi?

Javob: Masofaviy shaklda taʼlim olayotgan oʻquvchilarning darslari “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tashkil etiladigan darslar orqali berib boriladi. Bunda maktab oʻqituvchilarining asosiy vazifasi masofaviy taʼlimdagi oʻquvchilarning kundalik davomatini yuritish, “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tashkil etiladigan darslarda beriladigan vazifalarni tekshirib, bajarilishini nazorat qilib boradi. Yaʼni maktabda dars bergan oʻqituvchi masofada taʼlim olayotgan oʻqituvchiga alohida dars oʻtib bermaydi.

Taʼkidlash lozim, 18 avgustdan boshlab 1-11-sinflar uchun televizion darslarni tasvirga olish ishlari boshlab yuborilgan. Onlayn darslarni tasvirga olish ishlariga respublikamizning eng malakali  117 nafar pedagoglari jalb etilgan. Bundan tashqari ushbu darslar ustida 8 nafar surdo-tarjimon hamda 15 nafar muharrir ishlamoqda. Onlayn maktab” televizion darslari joriy yilning 14 sentyabrdan efirga uzatila boshlanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.