Goʻzal tashabbus: Uch soatlik bepul maktabga tayyorlov taʼlim guruhlari tashkil qilindi

0
161
marta koʻrilgan.

Yakkasaroy tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi 9-, 103 va 530-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bir yillik bepul 3 soatlik maktabga tayyorlov taʼlim guruhlari tashkil etdi.

Unga 2015 yilda tugʻilgan uyda oʻtirgan barcha bolajonlar qabul qilinadi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmatining ushbu eʼloni mamlakatimizning har bir tumanida maktabga tayyorlov guruhlari tashkil qilinganligini bildiradi. Eʼlonda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining manzillari, telefon va rahbarlarining ismi sharifi ham berilgan boʻlib, bu ota-onalarga yanada qulaylik yaratadi. 

Aziz ota-onalar, mamlakatimizda yaratilgan ushbu  imkoniyatdan samarali foydalaning.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.