Goʻzallik salonlari ishga tushdi. Ular uchun qanday ehtiyot choralarini qoʻllash belgilangan?

0
141
marta koʻrilgan.

 AOKAda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

SAVOL: Goʻzallik salonlari ishga tushdi. Ular uchun qanday ehtiyot choralarini qoʻllash belgilangan?  Internetda SES xodimlari salonlarga borib, sanitariya qoidalariga rioya qilinmayotgani uchun jarima solayotgani haqida oʻqiyapman. Qanday sanitariya qoidalari haqida soʻz ketyapti?  Masterda nechtadan bir martalik kiyim boʻlishi lozim?  Har bir mijoz qabulidan soʻng bir martalik kiyimni almashtirish majburiymi?  Qanday jarimalar belgilangan?

JAVOB: Tasdiqlangan «Sanitariya qoida va meʼyorlari» talablarida hammasi batafsil keltirilgan. Asosiysi, navbat toʻplamaslik kerak. Mijozlar belgilangan vaqtda qabulga yozilib, kelishlari lozim.  Asosiy tamoyil: «Bitta master — bitta mijoz». Masterning xalat yoki tibbiyot formasida boʻlishi yetarli.  Niqob, koʻzoynak va qoʻlqop — majburiy. Har bir mijoz qabulidan soʻng ish oʻrnini dezinfeksiyalash zarur. Har 2-3 soatda niqob almashtiriladi. Sochiqlar bir martalik yoki mijoz oʻzi bilan olib kelgan boʻlishi lozim.  Uskunalar dezinfeksiyalanadi. Binoni oʻz vaqtida shamollatish kerak.  Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik belgilangan tartibda jarimaga tortilishga sabab boʻladi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.