Grippga qarshi kimlarni emlash mumkin emas?

3
303
marta koʻrilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi  huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva grippga qarshi emlash borasida aholini qiziqtirgan savollarga javob beradi.

Savol: COVID-19ga chalinib zotiljam boʻlgan va tuzalganlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkinmi? 

Javob: COVID-19 bilan kasallanib tuzalgan bemorlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkin. Chunki, u  bir yillik boʻlib,  har yili uchrashi mumkin boʻlgan grippning turlariga qarshi ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, bu vaksina bilan inson organizmi aynan grippning shu turlariga qarshi immunitet hosil qiladi. U kovid bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarni maʼlum darajada himoya qiladi yoki kasallikni yengil kechishini taʼminlab beradi.

Savol: Grippga qarshi kimlarni emlash mumkin emas?

Javob: Ortirilgan immun tanqis holatlar, yaʼni OITS kasalligini turli bosqichlarida;  vaksina ishlab chiqilgan asosiy vosita va qoʻshimchalariga nisbatan allergik holat boʻlganida; bolalarda miyaning organik qismida oʻzgarish keltirib chiqaruvchi nevrologik kasalliklarni zoʻrayib borishi davrida. Shuningdek, barcha somatik kasalliklar avj olish davrida jumladan, tana haroratining 38° S dan yuqori koʻtarilishi, diareya, ich ketish, qusish, tutqanoqlar, qon bosimini koʻtarilishi yoki tushishi, kuchli ogʻriq sindromi kabi holatlardagi bemorlarda mumkin emas. Dard oʻtib ketganidan keyin shifokor koʻrikidan oʻtib sogʻlom deb tashxis qoʻyilganida, tibbiyot muassasida shifokor-immunolog, pediatr yoki terapevt nazorati ostida emlanishi mumkin.

Savol:Kovid bilan kasallanib sogʻaygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi boʻlishi mumkinligi haqidagi maʼlumot qanchalik toʻgʻri?

Javob: Amerika Qoʻshma Shtatlari olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra KOVID kasalligini oʻtkazgan baʼzi insonlar organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan. Bu davrda inson virus tashuvchi boʻlib yurishi haqida bir necha olimlar yozmoqda, lekin bu maʼlumotlar toʻliq tasdiqlanmagan. Lekin kasallikni oʻrta ogʻir, ogʻir va oʻta ogʻir kechirayotgan bemorlar bir oy va undan koʻp muddat kasallik jarayonini kechirmoqdalar, bu inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bogʻliqdir.

Bugungi kunda bu borada shifokorlar va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqdalar. Bu esa, yana bir bora, kasallangan bemorlarni alohidalanishi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirishlari, umuman uydan tashqariga chiqishni cheklashlari kerakligini bildiradi.

Yoyish

3 Mulohaza

    • Dlya nas bolshaya chest yesli eta statya biʼla Vam polezna! Spasibo chto chitayete nas! Ot imeni kollektiva redaksii jelayu Vam krepkogo zdorovya!

  1. Dlya nas bolshaya chest yesli eta statya biʼla Vam polezna! Spasibo chto chitayete nas! Ot imeni kollektiva redaksii jelayu Vam krepkogo zdorovya!

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.