Savol: Ikki yoshgacha boʻlgan bolaga nafaqa tayinlashda bolaning bobosi va buvisining pensiyalari hisobga olinadimi?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida” Nizomga asosan bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam ajratishda, bolalarning birgalikda yashaydigan bobolari va buvilari hamda bolalarning ota-onalari (farzandlikka oluvchilar) bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi boshqa shaxslar daromadi kiritilmaydi.
Shunga koʻra, oilaning umumiy daromadiga pensiya, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik uchun nafaqalar kiritilmaydi.
Manbaa: Advice.uz