Isitilmaydigan issiqxonalar haqida soʻragan ekansiz…

0
42
marta koʻrilgan.

Aholini sovuq qish kunlarida ham sarxil qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlab turishda issiqxonalarning ahamiyati katta. Issiqxonalarda harorat moʻtadilligini  gaz va elektr energiyasiz ham taʼminlash mumkin.

Bugungi kunda yurtimizda Xitoy texnologiyasi asosida isitilmaydigan issiqxonalar ham mavjud boʻlib, ularda isitish tizimi yoʻq. Sababi issiqxonalar sharqdan-gʻarbga – kun botish tomonga 14 gradus burilgan holatda quriladi va shimol tomon qalin isitish koʻrpalari bilan yopiladi. 

Maʼlumki, Oʻzbekiston sharoitida bir yilda 300 dan ortiq quyoshli kun boʻladi. Bundan samarali foydalanishda Xitoy texnologiyasi qoʻl keladi. Kun davomida issiqxona quyosh energiyasini akkumulyator singari oʻz ichiga yigʻadi va kun botishi bilan issiqlik saqlovchi koʻrpalar yopiladi. Kunduz kuni toʻplangan issiqlik tong otgunga qadar issiqxonani moʻtadil haroratda ushlab turadi. 

Yuqoridagi texnologiya asosida tajriba tariqasida Sardoba tumani Baxmal SIU hududida “Imkon qadri” MCHJ tomonidan har biri 2 sotixdan 4 ta, jami 8 sotix issiqxona qurilgan. Erta bahorda aholining koʻkatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida ushbu issiqxonalarda koʻkatlar ekilgan. Yilning qolgan fasllarida bodring, pomidor, baqlajon yetishtiriladi.

Qayd etish lozimki, Sirdaryo viloyati boʻyicha 38,3 gektar isitilmaydigan issiqxonalar mavjud boʻlib, fevral-noyabr oylarida sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi.

Ushbu tajribani keng yoyish kerak deb hisoblaymiz.  Ayniqsa yosh dehqonlar uchun mahorat va tajriba maktabidir. Ushbu tajriba bilan ham energiya  ham mablagʻ tejaladi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.