Jurnalistlar kengashlar tarkibiga kiritiladi

0
105
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 20 yanvar kuni imzolangan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori  bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanmoqda.

Kodeks ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilgan.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratish maqsadida Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblangan jamoatchilik kengashlari tuziladi. Kengashlar tarkibiga soha olimlari, faxriylar, shuningdek, jurnalistlar ham kiritiladi.

Manbaa: jurnalistlar. uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.