Kam taʼminlangan oilalarga mahalla yigʻini tomonidan beriladigan toʻlovlar

0
209
marta koʻrilgan.

Kam taʼminlangan oilalarga mahalla yigʻini tomonidan quyidagi toʻlovlar toʻlanadi: bolali ayollarga nafaqa, bola parvarishi uchun nafaqa, moddiy yordam.

Nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun doimiy roʻyxatda turgan joydagi mahalla yigʻiniga ariza berish kerak.  Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli shaxslar boʻlmaganda nafaqa yoki moddiy yordam mahalla raisining taqdimnomasiga asosan ham tayinlanishi mumkin. 

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: oilaning tarkibi va daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar; bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari nusxalari (bola parvarishi va bolalar nafaqasi uchun).

Moddiy yordam soʻralgan arizaga, ariza beruvchining xohishiga koʻra, oilaning ehtiyojmandligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.

Ariza 13 kun mobaynida koʻrib chiqilib, nafaqa, moddiy yordam tayinlash yoki tayinlashni rad qilish haqidagi qaror qabul qilinadi. Rad etilganda sudga shikoyat qilish mumkin. 

14 yoshgacha bolali oilalarga nafaqa, 2 yoshgacha bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash  qanday hollarda rad etiladi?

Barcha aniqlangan 3 oylik daromad oʻsha oiladagi aʼzolar soniga boʻlingandan keyin, har bir oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan summa mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizidan koʻp boʻlsa, ushbu oilaga nafaqa tayinlanmaydi.

Ravshan SAʼDULLAYEV, huquqshunos

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.