Karantin davriga oid koʻpchilikni qiziqtiruvchi onlayn suhbat

0
165
marta koʻrilgan.

 AOKA huzuridagi shtabda onlayn brifing tashkil etish goʻzal anʼanaga aylandi.  Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov ishtirokida  boʻlib oʻtgan brifingda karantin davriga oid koʻpchilikni qiziqtiruvchi  savollarga javob qaytarildi.

Savol: Qoʻshnimning velosipedini haydab chiqqan edim, lekin ichki ishlar organlari uni olib qoʻyishdi. Qachon velosipedni qaytarib olsam boʻladi, qoʻshnim holi jonimga qoʻymayapti?

Javob: Karantin cheklovlari yechilganidan soʻng, Siz, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan velosiped saqlanayotgan ichki ishlar organlari binosi hududidan oʻzingizga tegishli velosipedni olib ketishingiz mumkin. Velosiped saqalgani uchun toʻlov undirilmaydi.

Savol: Ukam qamoq jazosini oʻtamoqda. Uni koʻrib kelishimga ruxsat bormi? Posilka olib borsam boʻladimi?

Javob: Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasi jazoni ijro etish muassasalariga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlari, shuningdek posilka yoki yoʻqlov va banderollar qabul qilinishi vaqtinchalik TOʻXTATILGAN.

Shu sababli, karantin tugaguniga qadar ukangiz bilan uchrashish va yoʻqlov posilkalaringizni yetkazish imkoniyati mavjud emas.

 Agar Siz muassasaga murojaat qilsangiz, ukangiz bilan masofada, yaʼni telefon orqali muloqot qilishingiz mumkin.

Savol: Buxoro viloyati IIV akademik litseyiga hujjat topshirgan edim. Imtihon qay tarzda olib boriladi? Karantin tufayli imtihonga oʻzgartirish kiritilishi mumkinmi?

Javob: Hozirgi kunda karantin tadbirlari davom etayotgani sababli, imtihonlarning qay tarzda oʻtkazilishi haqida yakuniy qaror qabul qilinmangan.

 Shuning uchun, IIV Akademik litseylariga imtihon qabul qilinishi tartibi yuzasidan Sizga hududiy ichki ishlar organlari tomonidan qoʻshimcha ravishda maʼlumot taqdim etiladi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.