Kechadan abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlandi

0
125
marta koʻrilgan.

Kechadan yaʼni 22 avgustdan boshlab abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov AOKA zalida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Unga koʻra, kechadan, yaʼni 22 avgustdan boshlab DTMning sayti orqali har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi qoʻyilmoqda.

Har bir abituriyentning roʻyxatdan oʻtganda koʻrsatgan telefon raqamiga bu haqda SMS-xabar yuborilmoqda.

Kechaning oʻzidayoq meni abituriyent nabiramga xabar va ruxsatnoma keldi.  Har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi qoʻyilganligi bilan birga kirish imtihonlarining birortasidan ozod boʻlgan boʻlsa, bu haqida maʼlumot ham boʻladi. Masalan, xalqaro fan olimpiadasi gʻoliblari yoki ielts tanlovi gʻoliblari kabi yutuqlari  tufayli imtiyozlari ham aks ettiriladi. Masalan, meni nabiramga ielts tanlovi gʻolibi  boʻlganligi uchun imtiyozli imtihon topshirilishi ifodalangan. 

Boʻlajak talabalarga pandemiya davrida yaratilgan imkoniyatlar mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan katta eʼtiborni, informatsion texnologiyalarning afzalligini aks ettirib turibdi.

R.SAPAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.