Koronavirus asab tizimini ham shikastlashi rostmi?

0
118
marta koʻrilgan.

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida  oʻtkazilgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

SAVOL: Nega avtobuslarga ruxsat berildi-yu, metroga esa yoʻq?

Javob: Metrolardagi havoni doimiy yangilab turuvchi umumiy ventilyasiya tizimi koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfini oshiradi. Shu sababli metroga hozircha ruxsat yoʻq!

SAVOL: Karantinda yozgi bolalar oromgohlari faoliyati qanday tashkil etiladi?

Javob: Hozirda 80 ga yaqin bolalar ormgohi ish boshlashi rejalashtirilgan.

Asos — Bolalarni xavfsiz dam oldirish va sogʻlomlashtirishni tashkil qilish Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasinining 26 maydagi 1-sonli bayoniga muvofiq tasdiqlangan dislokatsiya.  Oromgohga dam olish va ishlashga boradigan bolalar va tarbiyachilar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrinkdan oʻtishadi;  Ota-onalar va qarindoshlarga bolalarni koʻrish uchun oromgohlarga borishi va oziq-ovqat mahsulotlarini olib borishga ruxsat berilmaydi. Har bir oromgohda tegishli epidemiyaga qarshi tadbirlar belgilangan.

SAVOL: Karantinda maktablarda kunduzgi oromgohlar faoliyati tashkil etiladimi?

Javob:  Hozirda maktablar faoliyat yuritmayotganligi sababli maktablar qoshida oromgohlar tashkillashtirilmaydi.

SAVOL: Sanatoriyga borishdan avval koronavirusga xususiy poliklinikalarda ham test topshirsa boʻladimi?

Javob: Ha, boʻladi. Bunda nodavlat tibbiyot muassasasiga telefon orqali murojaat etiladi, ular maxsus avtotransportlarda kelib, tegishli namunalarni oladi va tahlillarni oʻz laboratoriyalarida oʻtkazadi.  Tashkilot xodimlarining yoki fuqarolarning tahlilga namuna topshirish uchun bevosita nodavlat tibbiyot muassasasiga kelishiga ruxsat etilmaydi.

SAVOL: Men muzqaymoq va gazli suv sotish bilan shugʻullanaman. Lekin alohida statsionar joyim yoʻq. Karantin vaqtida savdo qilsam boʻladimi?

Javob: Karantin cheklovlari toʻliq bartaraf etilguniga qadar ushbu mahsulotlarning savdosiga ruxsat etilmaydi. Hatto karantin tadbirlari tugaganidan soʻng xam faqat ruxsat etilgan statsionar nuqtalarida bu kabi mahsulotlar bilan savdo qilishingiz mumkin.

SAVOL: Umumiy ovqatlanish joylarida har bir xoʻranda roʻyxatga olinadimi?

Javob: Yoʻq, shart emas! Faqat karantin talablari boʻyicha belgilangan talablarga rioya etilishi, yaʼni xoʻrandalar tashrif buyurishidan qatʼiy nazar muassasada kun davomida dezinfeksiya moddalaridan foydalanilgan holda namli tozalash ishlarini amalga oshirilishi va pol qismlari yuvib turilishi lozim.

SAVOL: Issiq kunda niqob taqish qiyin boʻlyapti. Qachon bu talab bekor qilinadi?

Javob:  Infeksiya havo tomchilari orqali yuqishini hisobga olsak, niqob taqish kasallikni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Uni qoidalarga toʻliq rioya etgan holda taqish kerak (yaʼni har 3 soatda almashtirib).

SAVOL: Koronavirus asab tizimini ham shikastlashi rostmi?

Javob: Ha, koronavirus butun asab tizimini ishdan chiqarishga qodir. AQSHda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, COVID-19 aksariyat bemorlarda nevrologik jihatdan namoyon boʻlgan.  COVID-19 koʻplab sabablarga koʻra nevrologik disfunksiyaga, masalan, miyada kislorod yetishmasligi yoki qon ivishining buzilishiga, natijada ishemik yoki gemorragik insult kelib chiqishiga olib keladi.

SAVOL: Qozogʻistonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilyaptimi?

Javob: Hozirgi vaqtda Qozogʻiston ilmiy-tadqiqot institutining COVID-19 ga qarshi vaksinasi JSST roʻyxatiga kiritilgani va klinik sinovlardan oʻtayotgani haqida baʼzi maʼlumotlar mavjud, lekin hali ishlab chiqarish boshlangani yoʻq.

SAVOL: Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi biror dori vositasi kashf qilindimi?

Javob: Koronavirusga qarshi foydalanish uchun 30 ga yaqin preparat Xitoyning Shanxay shahriga sinovdan oʻtkazish uchun yuborilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan grippga qarshi «Rutan» dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi gripp virusini 78,3 foizga taʼsirini susaytirish xususiyatini namoyon qilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.