Koronavirusga qarshi emlashdan keyin niqob taqmay yurish mumkinmi?

0
91
marta koʻrilgan.

 Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda jurnalistlarning vaksina sinoviga doir muhim savollariga javob qaytardi.

— Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashib emlash olsak, keyin niqob taqmay yurish mumkinmi?

— Vaksina bilan emlanganingizdan soʻng ham niqob taqib yurish kerak, sinovlarda qatnashmoqchi boʻlganlarga ham yoki sinovlar yakunlanib, ijobiy natija chiqqanlarga ham bu talab saqlanib qoladi.  Vaksina bilan emlangan odam organizmida immun tizim ishlashni boshlaydi, bu davrda boshqa kasalliklar yuqishini oldini olish maqsadida imkon qadar boshqa insonlar bilan muloqotda boʻlmaslik va uyda boʻlish talab etiladi. Agar ish jarayonida odamlar bilan muloqotda boʻlishda davom etilsa, boshqa karantin talablariga doim rioya qilish zarur.

Shuningdek, sogʻlom turmush tarzini rioya qilish,  ovqatlanish tartibiga eʼtibor berish, koʻp suyuqlik ichish va yengil jismoniy mashqlarni bajarishni ham davom ettirish kerak. Bu kabilar inson organizmida koronavirusga karshi immunitet hosil boʻlishiga yordam beradi.

Koronavirus vaksinasi bilan kimlarni emlash mumkin emas?

— Bugungi kunda koronavirusga qarshi emlash dolzarb hisoblanadi. Chunki, koʻplab mamlakatlarda vaksinalar ishlab chiqilgan va klinik sinovlarning uchinchi bosqichini oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Klinik sinovlarning ushbu bosqichi yakunlangandan soʻng aholini emlash bosqichlari boshlanadi. Aholini ommaviy emlashda albatta vaksinaga qarshi koʻrsatmalarni hisobga olish zarur.

Vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi boʻlgan kishilarga; organik oʻzgarishlar bilan asab kasalliklari rivojlanishi boʻlgan shaxslarga (miya falaji tashxisi, sudoroga sindromi, epilepsiya); orttirilgan immuntanqislik sindromi (OIV — SPID) mavjud bemorlarga;    surunkali kasalliklar kuchaygan paytda, kasalliklarning oʻtkir bosqichlarida emlash mumkin emas.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.