Koronavirusning yengil darajasi bilan kasallangan bemorlarning uyda davolanishi mumkinligi rostmi?

0
275
marta koʻrilgan.

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing oʻtkazilgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

SAVOL: Dorixonalarda koronavirusdan himoya qiladigan qimmat beydj (virus blokator) sotilmoqda. Aytishlaricha, u 2 metr masofagacha virusdan himoya qilarmish. Beydj — sotib olishga arziydimi?

JAVOB: Viruslar blokatori — Yaponiyada kashf qilingan individual beydj, hozirgi vaqtda Rossiya kompaniyalari ham uni ishlab chiqarishmoqda. Kashfiyotchilarning taʼkidlashicha, beydjga kiritilgan dioksid xlorid moddasi inson atrofidagi havoni zararsizlantirishga va bakteriya, virus va qoʻziqorinlarni yoʻq qilishga yordam beradi.

Afsuski, bunday bayonotlar beydjlar haqiqatdan inson atrofida tozalikni taʼminlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmagan. Dioksid xlor bugʻ shaklida A gripp virusi faolligini pasaytiradi, buning uchun uni sepish kerak, plastik yoki qogʻozga kiritish emas. Bundan tashqari, tajribada moddani faqat bitta kasallik qoʻzgʻatuvchisida sinovdan oʻtkazishgan, ishlab chiqaruvchilar esa barcha mavjud mikroorganizmlardan 99%ga himoyalashini aytishmoqda.

SAVOL: 23 iyun kuni koronavirusga test topshirganman, haligacha javobi kelmadi. Ishga kirishim kerak yoki maʼlumotnoma berilmaydimi?

JAVOB: Koronavirusni aniqlash uchun olingan tahlil musbat chiqqanda sizni albatta klinikaga olib ketishgan boʻlardi. Demak tahlil manfiy chiqqan. Agar ishxonaga yoki boshqa manzilga topshirish uchun maʼlumotnoma kerak boʻlsa, tahlil topshirgan joyga pasport bilan murojaat qilishingiz zarur va maʼlumotnoma Sizga yetkazib beriladi.

SAVOL: Oʻzbekistonda PZR testlar faqatgina koronavirus qoʻzgʻatuvchisini aniqlaydimi yoki gripp va boshqa infeksiyalarni ham aniqlashi mumkinmi?

JAVOB: PZR test diagnostikasi nafaqat koronavirusni tekshiradi, balki barcha virus va bakteriya qoʻzgʻatadigan yuqumli kasalliklarni aniqlab beradi. Koronavirus va gripp kassaligi oʻxshash, shuningdek farqli tomnlari ham koʻp, ammo gripp qoʻzgʻatuvchisini ham PZR usuli bilan aniqlab ajratish mumkin.

SAVOL: Koronavirusning yengil darajasi bilan kasallangan bemorlarning uyda davolanishi mumkinligi rostmi?

JAVOB: Haqiqatdan, 5 iyuldan boshlab Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bemorlar uch toifaga boʻlinadi: koronavirus infeksiyasining yengil darajasi bilan kasallangan bemorlar (kasallik alomtalarisiz); koronavirus infeksiyasining oʻrta darajasi bilan kasallangan bemorlar (yuqori tana harorati); ogʻir darajadagi bemorlar.

Oʻrta darajadagi va kasallik alomatlari boʻlmagan bemorlarga u shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda va zarur shart-sharoit mavjud boʻlganda uy sharoitida davolanishga ruxsat beriladi. Yengil darajadagi va kasallik alomati boʻlmagan bemorlar 10 kun ichida infeksiyaning klinik belgilari kuzatilmasa kasalxonadan chiqariladi.

Virus tasdiqlangan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan fuqarolar 14 kunlik karantinni uyda yoki mehmonxonada oʻtkazishlari mumkin.  IIV, Milliy gvardiya va Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi xodimlari uy sharoitida davolanayotganlarni nazorat qilishadi. Qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi

SAVOL: Koronavirusga olingan tahlil natijasi musbat boʻlsa, asosiy qon tahlili necha kun ichida olinadi?

JAVOB: Birlamchi PZR tahlil natijasi musbat chiksa, fuqoro karantinga emas yakkalanishga olinadi va shu kunni oʻzida tahlil takroran referens, yaʼni ekspert laboratoriyaga topshiriladi. Laboratoriya xulosasiga koʻra yakuniy tashxis tasdiqlanadi va bemor boʻyicha qaror qabul qilinadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.