Larisaxonimni kasbdoshlari Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining tirik tarixi timsoli deya ardoqlashadi. Chunki, Larisaxonim deyarli ellik yildirki, ijodiy uyushmada faoliyat yuritadi.
Ellik yil! Aytishga oson. Yarim asr bir joyda ishlash- ham faxr ham kasbga sadoqat ham sabrli inson va yaxshi mutaxassis deganidir.
Tashkilotda ishlayotgan xodim borki, beixtiyor unga yuzlanadi, undan maslahat va koʻmak soʻraydi. Yosh kasbdoshlarining barcha savollariga unda javob bor.
Butun umri va ijodiy mehnatini Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga, ushbu dargoh faoliyati rivojiga bagʻishlagan mehnatkash, kasbiga sodiq, mehribon insonning ismi sharifi – Larisa Surenovna Arutyunova!
Kuni kecha bir guruh ustoz jurnalistlarga “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi. Ular orasida Larisa Surenovna ham bor va bu uning yarim asrlik faoliyatiga munosib baho va eʼtirof boʻldi.
L.Arutyunova 2001 yil “Mustaqillikning 10 yilligi” koʻkrak nishoni, 2002 yil “Shuhrat” medali, 2011 yil “Mustaqillikning 20 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
GUJUM.UZ tahririyati ham Uyushmaning faxri, mehnatkash va kamtarin inson Larisa Surenovnani qoʻshaloq bayrami–unvon hamda tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi va uzoq umr, mustahkam sogʻlik, oilaviy osoyishtalik tilaydi.
Suvratlar jurnalistlar uz dan olindi.