Mamlakatda korrupsiya holatlari tahlili

0
98
marta koʻrilgan.

AIMKDAGI brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova poraxoʻrlik bilan bogʻliq jinoyatlar tahlili haqida maʼlumot berdi.

Xabar qilinishicha, joriy yilning oʻtgan 5 oyida poraxoʻrlik bilan bogʻliq 17 ta jinoyat sodir etilgan, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kam.

2021 yilda poraxoʻrlik bilan bogʻliq 91 ta jinoyat holati qayd etildi, Ulardan 49 ta jinoyat rahbarlar, 8 ta jinoyat rahbar oʻrinbosarlari, 34 ta jinoyat ijrochi va texnik xodimlar  tomonidan sodir etilgan. Jinoyat sodir etganlarning 77 nafari  erkak, 14 nafari ayoldir.

Hududlar kesimida hisobga olingan poraxoʻrlikning 91 ta holatidan 20 tasi ichki ishlar tomonidan sodir etilgan boʻlib, undan 8 tasi yoʻl harakati xavfsizligi tashkilotiga toʻgʻri keladi. Maktabgacha taʼlim sohasida 12 ta, hokimliklarla 10ta,  harbiy sohada 6ta, qishloq xoʻjaligida 6ta, xalq taʼlimida 4ta, qurilishda 4ta, kommunal xizmat koʻrsatish (elektr, gaz, suv) yoʻnalishida 4ta va 26 tasi  boshqa sohalarda  roʻy bergan.

Qolgan 26 holatning uchdan bir qismi sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan.

Oʻzbekistonda 2021 yilda sodir etilgan poraxoʻrlikning eng katta hajmi 2 million AQSH dolleri boʻlsa, eng kichik pora 50 AQSH dollerini tashkil etadi.

Manbaa: AOKA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.