Mamlakatimizda qaysi guruh fuqarolarning mol-mulkiga soliq solishda imtiyoz belgilangan?

0
109
marta koʻrilgan.

Quyidagi shaxclarning hisobida boʻlgan mol-mulkka soliq solinmaydi yoki imtiyozlar beriladi:

–  «Oʻzbekiston Qahramoni», «Sovet Ittifoqi Qahramoni»,  «Mehnat Qahramoni» unvoniga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar.

–  Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.

– Oʻn nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar.

– Pensionerlar.

–  I va II guruh nogironlari.

– Sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).

– Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – muqobil energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga imtiyoz beriladi.

Ushbu belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli boʻladi.

Ravshan SAʼDULLAYEV, huquqshunos

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.